Muhim minerallar böyiça 4,2 mlrd dollarlik loyihalar amalga oşiriladi
Özbekistonda 4 yilda umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda bugun, 15 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan sanoat uçun muhim minerallar xomaşyo bazasini rivojlantiriş hamda yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqariş yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Taqdimotda 2026-2030 yillarga möljallangan rejalar körib çiqilgan. Unga köra, umumiy qiymati 4,2 milliard dollarlik 120 ta loyihani amalga oşiriş közda tutilgan. Bu orqali tarmoq hajmini 2028 yilgaça 1 milliard dollarga, 2030 yilgaça 2 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etilgan.
Joriy yilning özida 166 million dollarlik 12 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Natijada yuqori soflikdagi selen, tellur va reniy kabi 3 turdagi yangi metall, kukun metallurgiyasi asosida avtodetallar singari 21 turdagi import örnini bosuvçi mahsulotlar hamda sulfat kislotasi işlab çiqariş yölga qöyiladi. Şuningdek, yangi quvvatlar hisobidan yuzlab iş örinlari yaratiladi, byudjet tuşumlari va eksport imkoniyatlari ortadi.
Volfram va molibden böyiça “xomaşyo – qayta işlaş – tayyor mahsulot” zanjirini taşkil etişga alohida etibor qaratilgan. Bu orqali faqat kontsentrat yoki yarim tayyor mahsulot emas, balki yuqori qöşilgan qiymatga ega metall kukunlari, qotişmalar, sterjenlar, simlar, sanoat uçun detallar va boşqa tayyor mahsulotlarni işlab çiqariş maqsad qilingan.
Buning uçun Çirçiq şahrida “Kelajak metallari” texnoparki va R&D markazining faoliyatini keng yölga qöyiş belgilangan. U yerda ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş, startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş, yuqori soflikdagi metallar va innovatsion mahsulotlar işlab çiqariş uçun zarur şaroit yaratiladi.
Prezident texnopark va uning rezidentlariga yer uçastkalari hamda infratuzilmadan foydalaniş böyiça qöşimça imtiyozlar beriş, startap loyihalarni moliyalaştiriş dasturini işlab çiqiş zarurligini takidlagan.
Markaziy Osiyoda muhim minerallar böyiça yagona ilmiy-tadqiqot va texnologik markazni şakllantiriş masalasi ham körib çiqilgan. Çirçiq şahrida taşkil etilayotgan nanotahlil laboratoriyasi geologiya, konçilik va metallurgiya loyihalari uçun zamonaviy tahlil xizmatlarini körsatadi. Laboratoriya töliq işga tuşgaç, bir kunda 1 mingtagaça namuna tahlil qilinib, 6,5 million dollarlik import xizmatlari mahalliylaştiriladi, yana 4 million dollarlik xizmatlar eksporti yölga qöyiladi.
Sohadagi loyihalarni tezlaştiriş uçun geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, istiqbolli maydonlar va konlarni xalqaro standartlar asosida baholaş, texnogen çiqindilarni qayta işlaş, xorijiy investorlar va texnologik hamkorlarni faol jalb qiliş muhimligi qayd etilgan.
Şu bilan birga, tarmoqda raqamlaştiriş va suniy intellekt texnologiyalarini joriy etiş zarurligi takidlangan. Geologik malumotlarni yagona raqamli bazaga jamlaş, qidiruv işlarini 3D modellaştiriş, işlab çiqariş jarayonlarini real vaqt rejimida nazorat qiliş, bozor tahlili va loyihalar boşqaruvini zamonaviy platformalar orqali taşkil etiş vazifalari belgilangan.
Soha uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş masalasiga ham etibor qaratilgan. Toşkent davlat texnika universiteti bilan dual talim tizimi yölga qöyilib, Texnologik metallar kombinatida metallurgiya va materialşunoslik böyiça 2 ta kafedra oçilgan. Ayni vaqtda universitetning 64 nafar talabasi işlab çiqariş amaliyotini korxonada ötamoqda. Mutasaddilarga dual talim qamrovini kengaytiriş, öquv dasturlarini yangi loyihalar ehtiyojiga moslaştiriş va bitiruvçilarni yuqori texnologik işlab çiqarişlarga yönaltiriş böyiça körsatmalar berilgan.
Davlat rahbari muhim minerallar sohasi yangi sanoat tarmoqlarini şakllantiriş, eksportni köpaytiriş, texnologik mustaqillikni taminlaş va yuqori malakali iş örinlari yaratişda katta ahamiyatga ega ekanini takidlagan.
Mutasaddilarga 2026-2030 yillarga möljallangan loyihalar ijrosini qatiy nazorat qiliş böyiça topşiriqlar berilgan.