USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada “Özbekiston mahallasi” va Şavkat Mirziyoyev bulvari oçildi

65 марта
Туркияда “Ўзбекистон маҳалласи” ва Шавкат Мирзиёев бульвари очилди

Turkiyaning Hatay viloyati Arsus tumanida Özbekiston tomonidan bunyod etilgan turar joy majmuasi negizida taşkil etilgan “Özbekiston mahallasi”, Şavkat Mirziyoyev bulvari, şuningdek, Toşkent va Samarqand köçalarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Marosimda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi, Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimov, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmuş, Hatay viloyati hokimi Mustafo Masatli hamda jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda sözga çiqqan Numan Kurtulmuş uşbu taşabbus turk xalqining özbek xalqiga bölgan samimiy minnatdorligi va ikki qardoş xalq örtasidagi mustahkam döstlik ramzi ekanini takidlagan.

Uning qayd etişiça, Arsusda Özbekistonning tarixiy şaharlari hamda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nomining abadiylaştirilişi oğir kunlarda Turkiya bilan birga bölgan özbek xalqiga körsatilgan yuksak hurmat ifodasidir.

Hatay viloyati hokimi Mustafo Masatli esa 2023 yilning 6 fevraldagi vayronkor zilziladan söng Özbekiston tomonidan körsatilgan amaliy yordam turk xalqi xotirasida doimo saqlanib qolişini takidlagan. Uning aytişiça, “Özbekiston mahallasi” nomining berilişi ikki xalq örtasidagi qardoşlik, birdamlik va hamjihatlikning yorqin timsolidir.

Tadbir yakunida iştirokçilar ramziy tasmani kesib, Şavkat Mirziyoyev bulvari hamda Toşkent va Samarqand köçalarini rasman foydalanişga topşirdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Hatay viloyatida Özbekiston tomoni iştirokida qurilgan yangi masjid foydalanişga topşirilgandi. Masjidga Turkiyaning murakkab davrlaridan birida özbek xalqi körsatgan beğaraz yordami va birdamligi uçun minnatdorçilik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: