USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda xizmat körsatgan artist Xadiya Yusupova vafot etdi

205 марта
Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Хадия Юсупова вафот этди

Maqom sanatining yirik namoyandalaridan biri, professor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, taniqli xonanda va mumtoz maqom ijroçisi Xadiya Yusupova 88 yoşida vafot etdi. Bu haqda Özbek milliy maqom sanati markazi xabar berdi.

1938-yil sentyabr oyida Namangan şahrida tavallud topgan Xadiya Yusupova butun umrini milliy musiqa va maqom sanatini rivojlantirişga bağişlagan. U yoşligidan sanatga mehr qöyib, 3 yoşidan qöşiq kuylaşni boşlagan.

1956-yilda Moskvada ötkazilgan yoşlar festivalida birinçi örinni egallab, 1957-yilda Özbekiston davlat filarmoniyasiga işga qabul qilindi. Keyinçalik Özbekiston radiosi qoşidagi ansamblda Berta Davidova va Kommuna Ismoilova kabi ustoz sanatkorlar bilan birgalikda faoliyat olib borgan.

1958-yilda Yunus Rajabiy rahbarligida taşkil etilgan “Maqom” ansambli tarkibida faoliyat yuritib, maqom sanatining bebaho durdonalarini çuqur örganib, ularni yuksak mahorat bilan ijro etgan. Respublika radiosi va televideniyesida “Şohi belboğ”, “Köngil ol”, “Savti Sabo” kabi köplab mumtoz aşulalarni mohirona ijro etib, milliy musiqamiz oltin xazinasiga ulkan hissa qöşgan.

1988-yildan boşlab Manon Uyğur nomidagi Toşkent davlat sanat institutida (hozirgi Özbekiston davlat sanat va madaniyat instituti) ananaviy ijroçilik yönalişida yoş avlodga saboq berib, köplab şogirdlar tarbiyalagan.

QALAMPIR.UZ jamoasi marhumaning oila azolari, yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 iyun kuni yozuvçi va tarjimon, Özbekiston Qahramoni Ibrohim Ğofurov 88 yoşida vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: