USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 2 million aholiga möljallangan megapolis barpo etilmoqda

105 марта
Ўзбекистонда 2 миллион аҳолига мўлжалланган мегаполис барпо этилмоқда

Toşkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Şavkat Mirziyoyev hududlarni rivojlantirişda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş Özbekistonning strategik ustuvor yönalişlaridan biri ekanini takidladi.

Davlat rahbarining qayd etişiça, mamlakat aholisi qarib 40 million kişiga yaqinlaşib bormoqda. Jadal demografik ösiş va iqtisodiy taraqqiyot urbanizatsiya va şaharsozlik sohasida keng kölamli dasturlarni amalga oşirişni taqozo etmoqda.

Şu munosabat bilan 2040 yilga qadar mamlakatda quriladigan uy-joylar hajmini ikki baravarga oşiriş hamda urbanizatsiya darajasini hozirgi 51 foizdan 65 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.

Prezidentning malum qilişiça, poytaxtga tutaş hududda 2 million aholiga möljallangan zamonaviy Yangi Toşkent megapolisi barpo etilmoqda. Şuningdek, Andijon, Namangan va Samarqand şaharlarini millionli şaharlar darajasiga olib çiqiş böyiça yirik loyihalar boşlangan.

Qayd etilişiça, mamlakatda uy-joy qurilişi yönalişidagi loyihalar yillik kamida 10 milliard dollarlik kafolatli bozorni şakllantiradi.

Bundan taşqari, Özbekiston infratuzilma sohasida davlat-xususiy şeriklik asosida 27 milliard dollarlik loyihalarni investorlar bilan birgalikda amalga oşirişga tayyor ekanini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Toşkent xalqaro investitsiya forumida Prezident Şavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasini rivojlantirişni Özbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida qayd etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: