Özbekistondagi OTMlarda qizlar köproqmi yoki yigitlar?
Özbekistondagi oliy talim muassasalarida 2025/2026-öquv yili davomida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 million nafarga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi malum qildi.
Bu körsatkiç ötgan öquv yiliga nisbatan 102,2 ming nafarga yoki 7,1 foizga köp degani.
Qayd etilişiça, talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar taşkil etgan. Bu esa ayollar soni erkaklarnikiga nisbatan 4,1 foizga köpligini körsatadi.
Talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi:
- 2021/2022 öquv yili – 808,4 ming nafar;
- 2022/2023 öquv yili – 1 042,1 ming nafar;
- 2023/2024 öquv yili – 1 314,5 ming nafar;
- 2024/2025 öquv yili – 1 432,8 ming nafar;
- 2025/2026 öquv yili – 1 535,0 ming nafar.
Eslatib ötamiz, 8 iyun kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan mamlakat oliy talim taşkilotlari bitiruvçilarining bandligini taminlaş yuzasidan taqdimotda mingdan ziyod loyihani moliyalaştiriş uçun 500 milliard söm mablağ yönaltiriş, 10 mingga yaqin yoşlarni band qiliş rejalaştirilgandi.