USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Döstlar” seriali rejissyori Jeyms Berrouz vafot etdi

51 марта
“Дўстлар” сериали режиссёри Жеймс Берроуз вафот этди

Bugun, 20 iyun kuni eng ommabop sitkomlardan biri – “Döstlar” seriali rejissyori Jeyms Berrouz 85 yoşida vafot etdi. Bu haqda rejissyorning oilasi bergan bayonotga tayanib, ABC News telekanali xabar berdi.

Bayonotda aytilişiça, Berrouz “bugun öz sevimli oilasi davrasida sokinlikda hayotdan köz yumgan”. Ölim sababi hozirça aniqlanmagan. Undan rafiqasi, tört nafar qizi va yetti nafar nabirasi qoldi.

“Beş ön yillikdan köproq vaqt davomida Berrouz televideniye tarixidagi eng nufuzli va sevimli rejissyorlardan biri bölib keldi. Afsonaviy rejissyor, ustoz va ijodiy kuç sifatida u komediya janrining bir neça avlodini şakllantirişga yordam berdi va butun dunyodagi tomoşabinlarga çeksiz quvonç ulaşdi”, deydi uning oilasi.

Berrouz Kaliforniyada tuğilgan va Nyu-Yorkda ulğayib, u yerda öz faoliyatini teatr sohasida boşlagan. Uning televideniyedagi ilk işi “Meri Tayler Mur şousi” seriali epizodlariga rejissyorlik qiliş bölgan. Keyinçalik u “Döstlar”, “Taksi” va “Katta portlaş nazariyasi” kabi teleseriallarning 1000 dan ortiq qismini suratga oldi.

Rejissyor 11 karra “Emmi” mukofoti laureati bölgan va önlab nominatsiyalarni qölga kiritgan. Uning uşbu tanlovdagi sönggi ğalabasi 2020 yilga töğri keladi. Öşanda u “Eng yaxşi köngiloçar dastur (jonli efirda)” kategoriyasida mukofotga sazovor bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Qizil şarbat” va “Oila” seriallari yulduzi, 35 yoşli turkiyalik aktrisa Eje Irtem vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

    • Одомбой 20 Iyun 2026 17:57
      Юртимизда. Режисёрдон бошка проблема йукми,?

Мавзуга алоқадор: