Özbekistonning eng keksa Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi vafot etdi
Bugun, 21 iyun kuni Özbekistondagi eng keksa Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Röziboy Sattorov 116 yoşida vafot etdi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov malum qildi.
Malum qilinişiça, Qaşqadaryo viloyatidan Ikkinçi jahon uruşida 47 ming 51 nafar kişi, jumladan, 95 nafar xotin-qiz iştirok etgan. Uruş qatnaşçilarining 22 ming 77 nafari frontdan soğ-omon qaytgan bölib, ular orasida qamaşilik Röziboy Sattorov ham bor edi.
Röziboy Sattorov nafaqat Qaşqadaryo viloyati, balki butun Özbekistondagi eng keksa Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi sifatida etirof etilgan.
Qayd etiş joiz, ötgan yili 9 may – Xotira va qadrlaş kuni arafasida Qaşqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov boşçiligidagi rahbarlar 115 yoşni qarşi olgan faxriyning xonadoniga taşrif buyurgan edi. Taşrif davomida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bayram munosabati bilan yöllagan tabrigi öqib eşittirilgan va pul mukofoti topşirilgan.
Öşanda suhbat çoğida Röziboy Sattorov samolyotda parvoz qiliş bir umrlik orzusi ekanini aytgan. Şundan söng Prezident topşiriği bilan 115 yoşli faxriyning orzusini röyobga çiqariş maqsadida harbiy samolyot ajratilgan va u havoga kötarilib, uzoq yillik orzusini amalga oşirgan edi.