Saida Mirziyoyeva Töqayevga rahmat aytdi
Keça, 21 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozoğistonga taşrifi doirasida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev bilan uçraşuv ötkazdi va Prezident Şavkat Mirziyoyevning samimiy salomi hamda ezgu tilaklarini yetkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Tomonlar ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qilgan.
Saida Mirziyoyeva özining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Qozoğiston Özbekiston uçun şunçaki qöşni mamlakat emas, balki yaqin döst, işonçli strategik hamkor va ittifoqçi ekanini takidlagan. Şuningdek, u Qosim-Jomart Töqayevga samimiy qabul va mamlakatlar örtasidagi qardoşlik riştalarini mustahkamlaş yölidagi qatiy say-harakatlari uçun minnatdorlik bildirgan.
Taşrif doirasida Saida Mirziyoyeva Qozoğiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Roman Sklyar bilan ham uçraşgan. Suhbat davomida Özbekiston–Qozoğiston munosabatlarining bugungi holati va kelgusidagi rivojlaniş istiqbollari yuzasidan fikr almaşilgan. Tomonlar davlat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarning töliq va izçil amalga oşirilişini taminlaş maqsadida prezident administratsiyalari örtasida yanada tezkor va samarali hamkorlik mexanizmlarini yölga qöyişga kelişib olgan.

Şuningdek, Ostona şahrida Qozoğiston Respublikasi Davlat maslahatçisi Yerlan Karin bilan ham uçraşuv ötkazilgan. Muzokaralar çoğida uzoq muddatli şeriklikning ustuvor yönalişlari muhokama qilingan. Xususan, madaniy diplomatiya, yoşlarning ikki mamlakat örtasidagi hamjihatlikni mustahkamlaşdagi örni hamda yuqori texnologiyalar sohasidagi istiqbolli hamkorlik loyihalariga alohida etibor qaratilgan.

Saida Mirziyoyeva Qozoğiston poytaxtidagi “Ostona” xalqaro moliya markazi faoliyati bilan ham tanişgan. U Özbekistonda Toşkent xalqaro moliya markazini taşkil etiş işlari olib borilayotgan bir paytda Qozoğiston tajribasini örganiş muhim ahamiyat kasb etişini takidlagan.

Uning qayd etişiça, mazkur sohada tajriba almaşiş nafaqat Özbekiston va Qozoğiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga xizmat qilişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Özbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida ötgan Xorijiy investorlar kengaşining yiğilişida iştirok etgandi. Uning bildirişiça, yiğilişda taraqqiyotning eng muhim yönalişlari – iqtisodiyot, infratuzilma, innovatsiyalar, talim hamda biznes uçun qulay muhit yaratiş masalalari muhokama qilingan.