USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jamiyatimizda korruptsiyaga aslo örin qolmasligi şart – Saida Mirziyoyeva

74 марта
Жамиятимизда коррупцияга асло ўрин қолмаслиги шарт – Саида Мирзиёева

Özbekistonda qonunsizlik va korruptsiyaga aslo örin qolmasligi şart. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozdi.

Uning malum qilişiça, bugun Oliy sudning yangi raisi Robaxon Mahmudova sudyalar hamjamiyati hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlariga taniştirilgan.

“Prezidentimiz odamlar uçun eng muhim qadriyatlardan biri – adolat ekanini köp bor takidlaganlar. Jamiyatimizda qonunsizlik va korruptsiyaga aslo örin qolmasligi şart. Zero, rivojlaniş va farovonlikka qaratilgan har qanday islohot faqat mustaqil sudning işonçli himoyasidagina çinakam kuçga ega böladi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Uning bildirişiça, hozirda Toşkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan sud tizimi şakllantiryapti. Amaldagi sudlar ham ana şunday yangi tajribalarga oçiq bölişi, dunyoning ilğor namunalarini öz faoliyatida dadil joriy qilişi juda muhim.

Şuningdek, Saida Mirziyoyeva tizim alohida şaxslarga boğlanib qolmasdan, kadrlar almaşinuvidan qati nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz işlaşi kerakligini qayd etgan. Şu bilan birga, har bir sudya şarafi va şanini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bölişi lozim.

“Robaxon Anvarovnaga mustahkam iroda hamda doimo oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilişida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!” deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Robaxon Mahmudova beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga saylangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: