Toşkentda 4 tuman soliq inspektsiyasiga yangi boşliqlar tayinlandi
Toşkent şahrining Olmazor, Uçtepa, Yakkasaroy va Yaşnobod tumanlarida soliq inspektsiyasiga yangi boşliqlar tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, poytaxt tumanlarida soliq sohasini yanada takomillaştiriş, davlat soliq xizmati organlari faoliyati samaradorligini oşiriş hamda rahbar kadrlar salohiyatidan unumli foydalaniş maqsadida navbatdagi tayinlovlar amalga oşirilgan.
Xususan, Soliq qömitasi raisining bugun, 22 iyundagi tegişli buyruğiga muvofiq Habibulla Tojiyeviç Inomov Toşkent şahar Olmazor tumani soliq inspektsiyasi boşliği, Laziz Rustamoviç Nosirov Toşkent şahar Uçtepa tumani soliq inspektsiyasi boşliği, Hamdam Hakimboyeviç Rajabov Toşkent şahar Yakkasaroy tumani soliq inspektsiyasi boşliği hamda Jamşid Aşuroviç Ergaşov Toşkent şahar Yaşnobod tumani soliq inspektsiyasi boşliği lavozimlariga tayinlangan.
“Uşbu tayinlovlar davlat rahbarining oçiqlik, samaradorlik va xalq manfaatlariga xizmat qiluvçi davlat boşqaruvi tizimini şakllantirişga qaratilgan islohotlari doirasida amalga oşirilayotgan kadrlar siyosati izçil davom etayotganining yana bir amaliy ifodasidir”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Soliq qömitasi raisining buyruği bilan Özbekistonning 35 hududida soliq inspektsiyasi rahbarlari almaşgan edi.