Bilimli qiz butun mamlakat kelajagini özgartirişga qodir – Saida Mirziyoyeva
Bilimli qiz nafaqat öz hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini özgartirişga qodir. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida yozdi.
Saida Mirziyoyevaning yozişiça, bugungi kunda Özbekiston oliy talim muassasalarida 1,5 milliondan ziyod talaba tahsil olmoqda va ularning yarmidan köpini qizlar taşkil etadi. Bu mamlakat Prezidenti taşabbusi bilan talim sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijasi.
“Qiz farzandining ilm olişiga işongan minglab oilalar... Özi qiziqqan kasbni tanlayotgan minglab qizlar... Ular öqimoqda, izlanmoqda, bu qizlarning öziga bölgan işonçi hamda şijoati kun sain ortib bormoqda. Bilimli qiz nafaqat öz hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini özgartirişga qodir”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Şuningdek, Saida Mirziyoyeva talim insonga hayot yölini mustaqil tanlaşda kuç va erkinlik baxş etişini qayd etib, qizlarga orzulari sari dadil qadam taşlaşlari uçun imkon berişga çaqirgan.