Saida Mirziyoyeva Andijon viloyati rahbariyati bilan yiğiliş ötkazdi
Bugun, 24 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Andijonda viloyati rahbariyati va tuman hokimlari iştirokida işçi yiğiliş ötkazdi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida malum qildi.
Uning bildirişiça, aksariyat muammolarga respublika, viloyat, tuman va mahallalar miqyosida hamjihatlik bilan iş körilsagina yeçim topiladi. Bugun qarorlarni tezkorlik bilan qabul qiliş, ularning ijro muddatlari va vazifalarini aniq belgilaş talab etilmoqda.


“Yiğilişda muhokama qilingan muhim masalalardan biri 1980 yillarda barpo etilgan magistral suv tarmoğini yangilaş böldi. Aholi yaşaydigan köplab xonadonlar, mahalla va taşkilotlarning suv taminotiga bevosita daxldor bölgan uşbu inşootni rekonstruktsiya qiliş jarayonini keçiktirib bölmaydi”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Andijon viloyatida zudlik bilan etibor qaratilib, yangilanişi talab etilayotgan bir neçta obektga borgani haqida xabar qilingan edi.