Özbekiston AQŞning bir qator tovarlari uçun tariflarni pasaytiradi
Özbekiston va AQŞ savdo böyiça dastlabki kelişuvga erişdi. Unga köra, Özbekiston AQŞning sanoat mahsulotlari va qişloq xöjaligi mahsulotlarining keng turlari uçun bojlarni bekor qiladi yoki kamaytiradi hamda özaro savdo va investitsiyalar töğrisidagi bitim muzokaralarini jadallaştiradi. Bu haqda joriy yilning 25 iyun kuni AQŞ Savdo vakilining rasmiy saytida xabar qilindi.
Qayd etilişiça, AQŞning Savdo vakili Jeymison Grirning Özbekistonga taşrifi doirasida AQŞ va Özbekiston ikki tomonlama iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, özaro savdoda tenglik, muvozanat va barqarorlikni taminlaşga qaratilgan savdo majburiyatlarining dastlabki bosqiçi (early harvest) böyiça kelişuvga erişgan.
Öşa kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham özining Telegram-kanalida Jeymison Grir bilan uçraşganini malum qilgan. Şuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari yaqin kunlarda ikki mamlakat örtasida özaro savdo va investitsiyalarni rağbatlantiriş töğrisidagi bitim imzolanişini kutilayotganini qayd etgan.
“AQŞ Savdo vakili, elçi Jeymison Grir bilan Toşkentda uçraşib turganimdan xursandman. Ötgan bir yil davomida birgalikda juda salmoqli işlarni amalga oşirdik, buning natijasida aloqalarimiz yangi bosqiçga kötarildi.Özbekistonga hamda ikki tomonlama hamkorligimizga körsatayotgan yuksak etibori uçun elçi janoblariga minnatdorlik bildiraman”, degan Mirziyoyeva.
AQŞ Savdo vakilining qayd etişiça, ikki mamlakat özaro savdo va investitsiyalar töğrisidagi bitimni tez fursatda yakunlaş maqsadida muzokaralarni jadallaştirişga ham kelişib olgan hamda vakillar yaqin haftalarda mazkur dastlabki kelişuvni rasmiy hujjat şaklida mustahkamlaydi.
“Bu kelişuvlar 2025 yilda AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev örtasida bölib ötgan uçraşuvlar davomi hisoblanadi hamda ikki mamlakatning strategik va iqtisodiy şeriklikni yanada mustahkamlaşga bölgan qatiy intilişini tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Malum qilinişiça, savdo va investitsiyalar böyiça uşbu dastlabki kelişuv quyidagilarni nazarda tutadi:
- Özbekiston AQŞning sanoat mahsulotlari va qişloq xöjaligi mahsulotlarining keng turlari uçun bojlarni bekor qiladi yoki kamaytiradi;
- AQŞ esa öz qonunçiligiga muvofiq va zarur deb topilgan hollarda Özbekistonning sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlariga nisbatan tarif çoralarini qöllaşda qulay yondaşuvni körib çiqadi;
- AQŞ va Özbekiston investitsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda ikki tomonlama investitsiyalarni rağbatlantiriş va yengillaştiriş yöllarini örganişga kelişdi;
- Ikki mamlakat Özaro savdo va investitsiyalar töğrisidagi bitim böyiça muzokaralarni jadallaştiradi.
“Uşbu elonlar ötgan yili Prezidentlar Donald Tramp va Şavkat Mirziyoyev tomonidan malum qilingan 32 milliard dollarlik ikki tomonlama tijorat bitimlaridan keyingi yana bir muhim qadam hisoblanadi. Bu kelişuvlar qatoriga Boeing kompaniyasi bilan 8,5 milliard dollarlik şartnoma, şuningdek, strategik minerallar, toğ-kon sanoati, energetika, moliya va axborot texnologiyalari sohalaridagi xaridlar hamda investitsiyalar kiradi”, deyiladi xabarda.
Şu bilan birga, AQŞ tarafi Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga azo böliş jarayonini qatiy qöllab-quvvatlaşi va bu borada mamlakat erişgan sezilarli taraqqiyotni etirof etişini bildirgan.