Saida Mirziyoyeva Makronning qabulida böldi
Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning qabulida böldi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva özining Telegram kanalida malum qildi.
“Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronga etibor va iliq qabul uçun minnatdorlik bildiraman. Uçraşuvda Özbekiston Prezidentining samimiy tilaklarini yetkazdim”, deydi Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari.



Şuningdek, u davlatlarni eng muhim strategik sohalardagi uzoq muddatli şeriklik munosabatlari boğlab turişini qayd etgan. Şu bilan birga, Saida Mirziyoyeva kelgusida har ikki mamlakat uçun manfaatli bölgan yana köplab taşabbuslar va qöşma loyihalar amalga oşirilişiga işonç bildirgan.




Eslatib ötamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Frantsiyaga borgani va Frantsiya Hukumatining Yevropa va taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barro bilan uçraşgani haqida xabar berilgan edi.