Mustaqillik şoh köçasining bir qismi 12 kunga yopiladi
Mustaqillik şoh köçasining bir qismida 12 kun muddatga transport vositalarining harakati çeklanadi. Bu haqda Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi xabar berdi.
Markazning malum qilişiça, yöl infratuzilmasini yaxşilaş, transport oqimini yanada tartibga soliş hamda jamoat transporti harakati uçun qulay şaroit yaratiş maqsadida Mirzo Uluğbek tumani Mustaqillik şoh köçasida quriliş-tamirlaş işlari olib boriladi.

Şu munosabat bilan 2026 yil 2 iyul soat 01:00 dan 13 iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik şoh köçasi böylab, Mirzo Uluğbek köçasi kesişmasidan Oqqörğon köçasigaça yönalişidagi qatnov qismi transport vositalari harakati uçun yopiladi.
Qayd etilişiça, yöl harakatiga tuşadigan yuklamani kamaytiriş, tirbandliklarning oldini oliş hamda haydovçilar uçun noqulayliklarni minimallaştiriş maqsadida quriliş işlari davomida yölning qarama-qarşi qatnov qismida yöl harakati holatidan kelib çiqib, vaqti-vaqti bilan ikki tomonlama harakat taşkil etilişi mumkin.