Şavkat Mirziyoyev Gruziyaga jönab ketdi
Bugun, 2 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Gruziya Boş vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Tbilisi şahriga jönab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar ötkaziladi.
Özbekiston – Gruziya döstlik va köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş masalalari diqqat markazida böladi.
Taşrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda iştirok etiş ham közda tutilgan.