Ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib oliş uçun subsidiya beriladi
Özbekistonda ayrim tibbiyot xodimlariga uy sotib olişga subsidiya beriladi. Bu haqda hukumatning joriy yil 12 iyun kundagi 310-son qarori bilan tasdiklangan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida ön beş yil iş stajiga ega bölgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taminlaş uçun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal tölovining bir qismini qoplab beriş tartibi töğrisida”gi nizomda söz boradi.
Nizomga kura, fuqaro röyxatdan ötkazilgan hududidan qati nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamçi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olişi mumkin.
Ariza beruvçi subsidiya oliş uçun Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilişi mumkin. Ariza beruvçini baholaşda kuyidagilar tasdiqlanişi şart hisoblanadi:
- amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani;
- davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil iş stajiga ega ekanligi.
Subsidiya 1 oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 marta beriladi. Tanlov onlayn tarzda ötkaziladi. Bunda mezonlarga töliq muvofiq iştirokçilar orasidan har çorak uçun belgilangan kvota doirasida 125 nafar ğolib avtomatik tasodifiy tanlaş imkonini beruvçi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.
Subsidiya ajratiş xabarnomasini olgan ğolib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib oliş böyiça quriliş (pudrat) taşkiloti bilan birlamçi şartnoma tuzadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda tadbirkorlarga mol va qöy göştini import qilişda subsidiya ajratilişi haqida xabar berilgan edi.