Şavkat Mirziyoyev Minskda tantanali kutib olindi
Bugun, 9 iyul kuni Minsk şahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy taşrif bilan Belarus Respublikasida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni tantanali kutib oliş marosimi ötkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari kötarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.


Özbekiston rahbarini Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko samimiy kutib olgan.


Davlat madhiyalari yangragan.

Yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar azolarini qutlagan.

Birgalikda suratga tuşilgandan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlangan.