USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Sardor Umurzoqov yangi lavozimga tayinlandi

695 марта
Сардор Умурзоқов янги лавозимга тайинланди

Bugun, 10 iyul kuni Sardor Öktamoviç Umurzoqov Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tegişli farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Sardor Öktamoviç Umurzoqov Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlangan va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimidan ozod etilgan.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimi tugatilgan.

Malumot uçun, Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toşkentda tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2007 yilda Umurzoqov Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği örinbosari, birinçi örinbosari, Toşkent şahar Ğaznaçiligi boşliği lavozimlarida işlagan. U 2014-2017 yillarda “Özbekçarmpoyabzali” uyuşmasi boşqaruvi raisining maslahatçisi, 2017-2018 yillarda rais örinbosari bölgan. Uyuşma qayta taşkil etilib, “Özçarmsanoat”ga aylantirilgaç, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

Sardor Umurzoqov 2019 yil 28 yanvarda Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri, 2022 yilning 16 iyul kuni Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlangan.

2023 yil avgust oyida Sardor Umurzoqov Prezidentning maxsus topşiriqlar böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlangan. 2025 yilning iyulidan buyon Özbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlaniş böyiça maslahatçisi lavozimida işlayotgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: