Şavkat Mirziyoyev Si Tszinpinga hamdardlik bildirdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Guansi-Çjuan avtonom rayonidagi suv toşqinlari hamda Futszyan provintsiyasida yuz bergan kuçli yonğin oqibatida köplab insonlar halok bölgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot körilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga hamdardlik yölladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Özbekiston rahbari vafot etganlarning oila azolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda soğayib ketişini tilagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyning Guansi provintsiyasida joylaşgan Liulan suv omborining yorilişi oqibatida kamida 39 kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Xitoy janubi-şarqidagi Futszyan viloyatida joylaşgan poyabzal fabrikasida çiqqan yonğin oqibatida kamida 28 kişi qurbon böldi.