Özbekiston Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir sotib oladi
Özbekiston Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomaşyosini sotib oliş böyiça memorandum imzolagan. Bu haqda bugun, 13 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazayotgan qora metallurgiya sanoatini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça ustuvor vazifalar yuzasidan yiğilişda malum qilindi.
Qayd etilişiça, mamlakatda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomaşyosini oliş böyiça xitoylik hamkorlar bilan kelişuvga erişilgan.
Uşbu kondan temir kontsentrati 2027 yildan boşlab kombinatga yetkazib berilişi şartligi belgilangan.
Bundan taşqari, “Tebinbuloq” konini uç-tört yilda işga tuşiriş orqali yiliga 1 million tonna pölat işlab çiqariş imkoni yaratiladi.
Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomaşyosini sotib oliş böyiça memorandum imzolangani qayd etilib, tez fursatda şartnomani rasmiylaştiriş va kelgusi yildan xomaşyo olib kelişni boşlaş vazifasi qöyilgan.
Metallurgiya sohasidagi yirik xususiy korxonalar ham geologiya-qidiruv işlari, konlardan xomaşyo qazib oliş va tayyor mahsulotgaça bölgan töliq texnologik zanjirni taşkil etişga tayyor ekani takidlangan.
Samarqanddagi korxona temir koni berilsa, xomaşyo qazib olişga 500 million dollargaça sarmoya kiritiş taşabbusini bildirgan. Bekobod metallurgiya kombinati esa xomaşyo bazasini kengaytiriş uçun Forişdagi 32 million tonna temir resursiga ega “Temirkon”ni özlaştirişni söragan.
Prezident buning uçun şaroit yaratiş yuzasidan topşiriqlar bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda metall mahsulotlarga yillik ehtiyoj 2030 yilgaça 1,5 barobar oşişi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.