Jazirama ortidan Surxondaryoda yuk avtomobillarining harakati çeklandi
Surxondaryo viloyatida oğir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinça çeklovlar joriy etiladi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Malum qilinişiça, Surxondaryo viloyatida oğir yuk avtomobillari harakatiga vaqtinça çeklov joriy etiladi. Bunga sabab qilib hokimlik viloyatda kuzatilayotgan öta issiq ob-havo şaroitida avtomobil yöllari qoplamasini saqlaş hamda ularning muddatidan oldin şikastlanişining oldini oliş ekanini bildirgan.
Gidrometeorologiya xizmati malumotlariga köra, viloyatda kunduzi havo harorati 42–44°S gaça, ayrim hududlarda esa undan ham yuqori darajaga kötarilmoqda. Hokimlikka köra, bunday şaroitda asfaltobeton qoplamasi harorati 70–80°S gaça yetib, qoplamaning yuk kötariş qobiliyati pasayadi. Oqibatda oğir yuk avtomobillari harakati tasirida yöl qoplamasida ğildirak izlari, deformatsiya va boşqa texnik nuqsonlar yuzaga kelişi mumkin.
“Şu munosabat bilan, davlat byudjeti hamda xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan qurilgan va tamirlangan avtomobil asraş maqsadida, Özbekiston Respublikasining "Yöl harakati töğrisida"gi Qonuni (ÖRQ–900)ning 15 va 23-moddalari hamda "Avtomobil yöllari töğrisida"gi Qonunining 16-moddasi talablariga muvofiq, Termiz şahri, tuman markazlari hamda ularni boğlovçi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida oğir yuk avtomobillarining harakati har kuni soat 10:00 dan 19:00 gaça vaqtinça çeklanadi”, deyiladi hokimlik axborotida.
Haydovçilar, yuk taşuvçi korxona va taşkilotlardan mazkur çeklovlarga qatiy rioya qilişlari, yuk taşiş vaqtlarini belgilangan tartib asosida rejalaştirişlari söralgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq kuzatilayotgan jazirama sababli Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahri va yana 8 tumanidagi boğçalar faoliyati vaqtinça töxtatilgan edi. Şundan söng Maktabgaça va maktab talimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Özbekistonda kutilayotgan anomal issiq havo sababli boğçalar vaqtinça yopilişi mumkinligini malum qilgandi. Şuningdek, Toşkent şahar hokimligi ham Toşkent şahrida anomal issiq ob-havo sabab köçalarga suv sepiş va yaşil hududlarni suğoriş işlari kuçaytirilişini bildirgandi.