Yangiyöl tumani hokimi ham işdan olindi
Bugun, 14 iyul kuni Odiljon Ataullayev Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Yangiyöl tumanida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazilgan. Sessiyada Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tanqidiy-tahliliy maruza qilgan.
Sessiyada taşkiliy masala körilgan va tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Odiljon Qosimoviç Ataullayev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Zoir Mirzayev Yangiyöl tumani hokimi lavozimiga şu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida masul vazifada işlab kelayotgan Sanat Şokiroviç Jumaniyozov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari tomonidan Sanat Jumaniyozov Yangiyöl tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nasrullo Boboyev Toşkent viloyatining Bekobod şahri hokimi lavozimidan ozod etilgani va uning örniga Narimonjon Ismoilov tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.