USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda “Barselona” akademiyasi oçilişi mumkin

64 марта
Ўзбекистонда “Барселона” академияси очилиши мумкин

Özbekistonda Ispaniyaning “Barselona” futbol klubiga tegişli bölgan loyiha doirasida “Barca academy” akademiyasi taşkil etilişi mumkin. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

Malum qilinişiça, 14 iyul kuni Sport vaziri Adham Ikramov boşçiligida Zoom platformasi orqali “Barselona” klubi vakillari bilan onlayn uçraşuv bölib ötgan. Unda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov, “Barselona” klubi ijroiya jamoasi azosi Sesar Martines hamda klubning bilimlar, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar platformasi – Barca Innovation Hub boş direktori Albert Mundet iştirok etgan. 

Muloqot davomida Özbekistonda bolalar va ösmirlar futbolini rivojlantiriş, yoş futbolçilarni xalqaro standartlar asosida tayyorlaş hamda zamonaviy futbol metodologiyasini joriy etiş maqsadida “Barselona” klubining rasmiy xalqaro futbol akademiyasi – “Barca Academy” loyihasini Özbekistonda amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilingan. 

Tomonlar “Barca Academy” faoliyati, uning maşhur La Masia akademiyasi metodologiyasiga asoslangan talim tizimi, murabbiylar malakasini oşiriş, zamonaviy futbol falsafasini joriy etiş va iqtidorli futbolçilarni saralaş borasidagi tajribasi yuzasidan fikr almaşgan. 

Şuningdek, Markaziy Osiyodagi ilk rasmiy “Barsa Academy” 2023 yilda Qirğiz Respublikasining Jalolobod şahrida iş boşlagani, ayni paytda Bişkek şahrida ikkinçi akademiyani taşkil etiş işlari olib borilayotgani ham qayd etilgan. 

Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekistonda “Barsa Academy” loyihasini amalga oşiriş imkoniyatlarini birgalikda örganiş, bolalar va ösmirlar futbolini rivojlantiriş, mahalliy murabbiylar malakasini oşiriş hamda futbol sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş böyiça kelgusidagi hamkorlik yönalişlarini muhokama qilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: