USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲ USD: 11,935 söm ▲ EUR: 13,432 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,094 söm ▲ CNY: 1,789 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,250 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Uyda yolğiz 2” filmi yulduzi vafot etdi

622 марта
“Уйда ёлғиз 2” фильми юлдузи вафот этди

Bugun, 17 iyul kuni Irlandiyalik aktrisa Brenda Friker 81 yoşida vafot etdi. U tomoşabinlarga “Uyda yolğiz 2: Nyu-Yorkda yöqoliş” komediyasidagi kaptar boquvçi ayol roli orqali yaxşi taniş edi. Bu haqda uning köp yillik agenti Fil Belfild malum qildi.

“Bugun ertalab, 2026 yil 17 iyul kuni Brendi qisqa muddatli xastalikdan söng sokingina olamdan ötganini çuqur qayğu bilan malum qilamiz. U yaqinlari davrasida bu dunyoni tark etdi”, deyiladi uning oilasi va döstlari nomidan berilgan rasmiy bayonotda.

Friker 1990 yilda Jim Şeridanning “Mening çap oyoğim” dramasida falaj bölib qolgan rassom va yozuvçi Kristi Braunning fidokor onasi – missis Braun rolini yuksak mahorat bilan ijro etib, “Oskar” mukofotini qölga kiritgan va jahon kinematografiyasi tarixiga kirgan edi. U Amerika kinoakademiyasining oltin statuetkasini qölga kiritgan tarixdagi ilk irlandiyalik ayolga aylangan.

Şuningdek, Brenda Friker özining oltmiş yillik faoliyati davomida Irlandiya, Buyuk Britaniya va Gollivudda teatr, kino va televideniye sohalarida mehnat qilib, öz avlodining eng hurmatli va ramziy aktrisalaridan biri degan nomga sazovor bölgan. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Yangi Zelandiyalik aktyor Sem Nill, asosan “Yura davriga sayohat” filmidagi paleontolog doktor Alan Grant roli bilan tanilgan va 50 dan ortiq filmda suratga tuşgan sanatkor 78 yoşida vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: