Özbekistonda içimlik suvi qamrovi 90 foizga yetkaziladi
Özbekistonda içimlik suvi qamrovi 90 foizga yetkaziladi va buning uçun yana 1,3 mlrd dollar jalb qilinadi. Bu haqda bugun, 20 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan içimlik va oqova suv xizmatlarini yanada yaxşilaş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda söz boradi.
Qayd etilişiça, kelgusi yillarda içimlik suvi taminotini 90 foizga, şaharlarda kanalizatsiya xizmati qamrovini 80 foizga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun qöşimça 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etilişi közda tutilgan.
Davlat rahbari erişilgan natijalar bilan birga loyihalarni şakllantiriş va amalga oşiriş, mavjud muammolarni öz vaqtida aniqlaş hamda bartaraf etiş tizimi hali talab darajasida emasligini körsatib ötgan.
Xususan, Andijon şahridagi kanalizatsiya tizimida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etiş uçun 107 milliard söm ajratilgan. Sergeli tumanida yoqimsiz hid tarqalişining oldini oliş maqsadida zamonaviy filtrlarni örnatiş işlari boşlangan.
Surxondaryo viloyati aholisini Töpalang suv omboridan içimlik suvi bilan taminlaş loyihasi doirasida Termiz şahrigaça tarmoq tortib kelingan. Yil yakuniga qadar Şerobod, Muzrabot, Angor va Jarqörğon tumanlariga ham suv yetkazib berilişi belgilangan.
Taqdimotda hududlardagi eng dolzarb masalalarni hal qilişga qaratilgan aniq vazifalar körsatib ötilgan. Jumladan, 513 ta mahallaga markazlaşgan içimlik suvini olib boriş, yana 3 mingta mahallada taminot sifatini yaxşilaş zarurligi takidlangan.
Içimlik suvini xonadongaça yetkaziş işlarini töliq yakunlaş masalasiga alohida etibor qaratilgan. Şu maqsadda 232 mingta suv kolonkasi örniga tarmoqlarni bevosita uylargaça tortiş közda tutilgan.
Yil yakuniga qadar umumiy qiymati 600 million dollarlik işlar amalga oşiriladi. Ularning doirasida 1,6 ming kilometr içimlik suvi va 387 kilometr kanalizatsiya tarmoği, 80 ta suv hamda 29 ta oqova suv inşooti quriladi.
Natijada 107 ta mahalladagi 310 ming aholi ilk bor markazlaşgan içimlik suvi bilan taminlanadi, 453 ta mahallada istiqomat qiluvçi 2,5 million aholi uçun suv taminoti yaxşilanadi.
Qaşqadaryo viloyatida “Hisorak” suv omboridan içimlik suvi olib keliş loyihasini jadallaştiriş vazifasi qöyilgan. Qiymati 217 million dollar bölgan uşbu loyiha Qamaşi, Ğuzor va Qarşi tumanlari hamda Qarşi şahridagi 1,1 million aholining içimlik suvi taminotini yaxşilaş imkonini beradi.
Mutasaddilarga loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ekspertizasini qisqa muddatda yakunlaş va moliyalaştiriş manbasini aniqlaş topşirilgan.
Şuningdek, Farğona, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida içimlik va oqova suv tizimlarini rivojlantiriş böyiça qarz va grant bitimlarini imzolaş, poytaxtda yangi kanalizatsiya inşootini quriş loyihasi yuzasidan yakuniy xulosa kiritiş vazifalari belgilangan.
1 sentyabrga qadar umumiy qiymati 317 million dollarlik 6 ta loyiha böyiça xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarni yakunlaş va moliyalaştiriş manbalarini belgilaş zarurligi qayd etilgan.
Suv taminoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini taminlaş masalasi ham muhokama qilingan. Amaldagi tariflar xizmatlarning haqiqiy tannarxini töliq qoplamayotgani, hududlar kesimida keskin farqlar mavjudligi sohaning investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy tasir körsatayotgani takidlangan.
Şu munosabat bilan içimlik suvini işlab çiqariş va istemolçilarga yetkazib beriş vazifalarini ajratiş, Magistral suv taminoti korxonasini taşkil etiş taklif qilingan. U hududiy korxonalarga içimlik suvini yagona ulgurji tarif asosida yetkazib beradi.
Içimlik va oqova suv xizmatlari tariflarini şaffof va iqtisodiy asoslangan mezonlar asosida belgilaş uçun Idoralararo tarif komissiyasini taşkil etiş, 2027 yil 1 apreldan byudjet taşkilotlari uçun yagona tarifni joriy qiliş vazifasi qöyilgan.