Özbekistonning Belarusdagi elçisi işdan olindi
Özbekistonning Belarusdagi elçisi Rahmatulla Nazarov investitsiya va taşqi savdo masalalariga befarqligi uçun lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 21 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilayotgan joriy yilning birinçi yarmida erişilgan natijalar va yil yakunigaça qilinadigan işlar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişida malum qilindi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda oliy darajadagi 52 ta taşrif doirasida 213 milliard dollarlik 1 ming 617 ta investitsiya loyihasi böyiça kelişuvlarga erişilgan. Lekin bu loyihalar ijrosini nazorat qilişda sustkaşliklar kuzatilayotgani qayd etilgan.
Endilikda “yöl xaritalari” Hisob palatasi va Taşqi işlar vazirligi tomonidan yuritilişi belgilangan.
Boş vazirga har hafta tarmoq rahbarlari, hokimlar va elçilar bilan birga “yöl xaritalari”ni davlatlar kesimida, “loyihabay” muhokama qiliş topşirilgan.
Davlat rahbari xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati böyiça ham köp etirozlar borligini bildirgan. Belarusdagi elçi investitsiya va taşqi savdo masalalariga befarqligi uçun lavozimidan ozod etilgan, Frantsiya, Avstriya, Ispaniya, Italiya, Ömon, Indoneziya, Malayziya va Singapurdagi elçilarning faoliyati ham yetarli darajada körinmayotgani qayd etilgan.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga komissiya tuzib, iqtisodiy diplomatiya, investitsiya va eksport böyiça diplomatik vakolatxonalarning işini tahlil qiliş, öz vazifasini bajara olmayotganlarni yoş, zamonaviy fikrlaydigan kadrlar bilan almaştiriş yuzasidan takliflar kiritiş topşirilgan.