Gurbanguli Berdimuhamedov Şavkat Mirziyoyevni tuğilgan kuni bilan tabrikladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Turkmaniston milliy yetakçisi Şavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, qardoş Özbekiston xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tilagan. Şuningdek, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Gurbanguli Berdimuhamedov Prezidentning tinimsiz mehnati va uzoqni közlab yuritayotgan siyosati tufayli Özbekiston yangi marralarni zabt etayotgani, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda salmoqli taraqqiyotga erişayotganini alohida takidlagan. Suhbatda oliy darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston-Turkmaniston döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqilgan.
Şuningdek, özaro işonç va umumiy manfaatlarni hisobga oliş tamoyillariga asoslangan köp qirrali hamkorlik surati ortib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan hamda yaqinda Aşxobodda ötgan siyosiy maslahatlaşuvlarning samarali yakunlari yuksak baholangan.
Suxbatda özaro tovar ayirboşlaş va yuk taşiş masalalari ham gaplaşilgan. Parlamentlararo, hududlararo, işbilarmonlik va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada kengaytiriş muhimligi qayd etilgan.
Bundan taşqari, muloqotda mintaqaviy kun tartibini, şu jumladan joriy yil kuzda Avaza şahrida ötkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuviga tayyorgarlik köriş doirasida muvofiqlaştiriş va ilgari surişga alohida etibor qaratilgan.