Toşkentdagi eng tirband köçalardan biri 40 kunga yopiladi
Magistral issiqlik quvurini yangilaş işlari olib borilişi sababli Toşkent şahridagi Kiçik halqa yöli vaqtinçalik yopiladi. Bu haqda Yakkasaroy tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, “Veolia Energy Taşkent” XK MÇJ tomonidan 25 iyul kuni soat 00:00 da Yakkasaroy tumani Kiçik halqa yöli köçasida joylaşgan diametri 530 mm, umumiy uzunligi 1 540 metr bölgan magistral issiqlik quvurini yangilaş işlari olib boriladi.

Mazkur quriliş-montaj işlarini xavfsiz va sifatli amalga oşiriş maqsadida 40 kun davomida yölning ikki harakatlaniş yölagida avtotransport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi. Şu munosabat bilan haydovçilardan harakat yönalişlarini oldindan rejalaştiriş va muqobil yönalişlardan foydalaniş söraladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Şahrisabz köçasida BRT (tezkor avtobus transporti) yölagini taşkil etiş işlari boşlanişi va şu munosabat bilan mazkur köçada transport harakati 17 kunga qisman çeklanişi haqida xabar berilgan edi.