Energetika tizimiga yangi vazir tayinlandi
Şerzod Xikmatullayeviç Xöjayev Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda bugun, 27 iyul kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni imzolandi.
Şerzod Xodjayev sobiq Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov örniga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Qayd etilişiça, bundan ilgariroq Xöjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan maqullangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jörabek Tursunpulatoviç Mirzamahmudov Özbekiston Respublikasi Energetika vaziri lavozimidan ozod etilgani xabar berilgandi.