Toşkentda zilzila sodir böldi
Bugun, 31 iyul kuni Özbekistonning 10 ta hududida zilzila sodir böldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilişiça, yer qimirlaşi soat 16:13 da yuz bergan. Magnitudasi 2,8, çuqurligi 5 km. Zilzila epitsentri Toşkentdan 11 km şimoliy-ğarbda joylaşgan Toşkent viloyatining Zangiota tumani. Koordinatalari: 41,32 daraja şimoliy kenglik, 69,11 daraja şarqiy uzunlik.
Özbekiston Respublikasi hududida seziliş kuçi:
- Uçtepa tumanida 3 ball, 6 km;
- Şayxontoxur tumanida 2-3 ball, 8 km;
- Çilonzor tumanida 2-3 ball, 9 km;
- Olmazor tumanida 2 ball, 10 km;
- Zangiota tumanida 2 ball, 11 km;
- Toşkent şahrida 2 ball, 11 km;
- Yakkasaroy tumanida 2 ball, 13 km;
- Sergeli tumanida 2 ball, 15 km;
- Mirobod tumanida 2 ball, 15 km;
- Yunusobod tumanida 2 ball, 15 km.
Eslatib ötamiz, joriy yil 26 iyun kuni Özbekistonning 12 ta hududida zilzila sodir bölgan edi.