Valyuta birjasidagi savdolar vaqti uzaytiriladi
Özbekistonda içki valyuta bozorini yanada rivojlantiriş va banklarning valyuta operatsiyalarini amalga oşiriş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida 2026 yil 10 avgustdan boşlab valyuta birjasidagi savdolar vaqti uzaytiriladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Yangi tartibga köra, valyuta birjasidagi savdolar har iş kuni soat 17:00 gaça davom etadi. Regulyatorning qayd etişiça, bu banklarga kun davomida valyuta likvidligini samarali boşqariş, mijozlarning tölovlarini öz vaqtida amalga oşiriş hamda xorijiy valyutadagi tölovlar uzluksizligini taminlaş imkonini beradi.
Şuningdek, valyuta birjasidagi savdolar yakunlariga köra 74 ta xorijiy valyutaning sömga nisbatan rasmiy kurslari 2026 yil 10 avgustdan boşlab har bir bank iş kuni soat 17:30 da Markaziy bankning rasmiy veb-saytida elon qilinadi.
Rasmiy valyuta kurslaridan buxgalteriya hisobi, statistika va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona hamda boşqa majburiy tölovlarni hisoblaşda amaldagi tartib asosida foydalaniladi. Rasmiy valyuta kurslari uning veb-saytidagi “Valyutalar kurslari arxivi” bölimida muntazam joylaştirib boriladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirgani haqida xabar berilgandi.