Poytaxtdagi 2 ta tumanda 4 kun gaz bölmaydi
Ertaga, 12 avgustdan boşlab 4 kunga poytaxtning 2 ta tumaniga qaraşli aksariyat mahallalarida gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda “Hududgaztaminot” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahar Yangihayot tumani “Taşabbus” MFY va Sergeli 5A mavzesida joylaşgan eski gaz taqsimlaş punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almaştiriş işlari olib boriladi.
Şu munosabat bilan 12 avgust soat 08:00 dan 15 avgust 17:00 ga qadar Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi quyidagi istemolçilarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
- Yangihayot tumani: “Yöldoş”, “Maşal”, “Olçazor”, “Xuşnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Çaroğon”, “Çorboğ”, “Viqor”, “Al-Farğoniy”, “Döstlik”, “Iqbol”, “Toşkent”, “Fayzli”, “Çortoq” MFYlaridagi yerli xonadon, köp qavatli uylar hamda ulgurji istemolçilar.
- Sergeli tumani: “Mehrigiyo”, “Özgariş”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “Söğdiyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipçoq”, “Qut-baraka”, “Daryo böyi” MFYlaridagi yerli xonadon, köp qavatli uylar hamda ulgurji istemolçilar.
Bildirilişiça, tamirlaş işlari tugatilgandan söng gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi.
Eslatib ötamiz, bugun, 11 avgust kuni Toşkent şahrining Bektemir tumanidagi 2 ta mahalla hududining bir qismida tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatilişi xabar qilingandi.