Bugun Prezident tadbirkorlar bilan oçiq muloqot qiladi
Bugun, 18 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI oçiq muloqoti bölib ötadi. Bu haqda mamlakat yetakçisining matbuot kotibi Şerzod Asadov malum qildi.
Qayd etilişiça, tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari iştirok etişi kutilmoqda.
Oçiq muloqotda davlat rahbari tomonidan:
- tadbirkorlik uçun barqaror ösiş trayektoriyasini taminlaş;
- hududlarda biznes imkoniyatlarini oşiriş;
- “suniy intellekt – boşqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratiş;
- eksport salohiyatini oşiriş, milliy brendlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş;
- biznesga mamuriy bosimni keskin kamaytiriş yönalişlarida muhim taşabbuslar ilgari surilişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, keça, 17 avgust kuni Xorazm viloyatiga taşrifi doirasida Prezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahrida yangi barpo etilgan Kongress-xoll, uç yulduzli mehmonxona hamda “Xiva Içan qala” qabullar uyi faoliyati bilan tanişgandi.