USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistondagi ilk pulli yöl narxi malum böldi

664 марта
Ўзбекистондаги илк пулли йўл нархи маълум бўлди

Urgançdan Xivaga olib boruvçi Özbekistondagi ilk pulli avtomobil yöli trassa uçun yöl haqi 25 ming sömni taşkil etadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Avtomobil yöllari qömitasi matbuot kotibi Nilufar Jumayeva malum qildi.

Malum bölişiça, yengil avtomobillar uçun Xivadan Urgançgaça va orqaga töliq yönaliş böyiça yöl haqi 25 ming sömni taşkil etadi. Şuningdek, “Turkmanli” mahallasidan Xivagaça uzunligi 28 km bölgan qisqa yönaliş narxi 20 ming söm etib belgilangan.

Nilufar Jumayevaning bildirişiça, yöl haqini tölaş tizimi hozirda sinov rejimida işlamoqda va 25 avgustdan töliq işga tuşadi. Saytga köra, oğirligi 3,5 tonnagaça bölgan yengil yuk avtomobillari (N1), 8 nafardan ortiq yölovçiga möljallangan avtobuslar (M2/M3) va oğirligi 3,5-12 tonna bölgan örta yuk avtomobillari (N2) uçun töliq yönaliş narxi 40 ming söm, qisqa yönaliş esa 25 ming söm etib belgilangan.

Qayd etilganidek, ayni paytda Urganç-Xiva pulli avtomobil yölidan foydalaniş uçun tölov sayti sinov rejimida işlamoqda. Şu boisdan, sayt rasman iş boşlagandan keyin narxlarda katta bölmagan özgariş böladi.

Malumot uçun, uşbu loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yöli, 1 ta yerosti tunneli, 8 ta yöl ötkazgiç, 15 ta köprik va 106 ta suv ötkaziş inşooti barpo etilgan. Mavjud yöl orqali Urgançdan Xivaga yetib borişga 45-50 daqiqa vaqt sarflansa, yangi tört tasmali magistralda bu vaqt 15-17 daqiqagaça qisqaradi. Yöl sutkasiga 30 mingdan ortiq transport vositasini ötkaziş quvvatiga ega.

Eslatib ötamiz, avvalroq Prezident Şavkat Mirziyoyev Xiva şahrida tadbirkorlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotdan söng yangi “Urganç – Xiva” pullik avtomobil yöli bilan tanişgandi.

Изоҳ қолдириш

    • Анвар 20 Avgust 2026 21:19
      Узок йиллар хизмат килсин

Мавзуга алоқадор: