Uzairways yölovçilari 16 soat aeroportda qolib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Istanbul-Toşkent yönalişidagi HY272 reysi keçikib, yölovçilar 16 soatdan beri aeroportda parvozni kutayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan tarqalgan video izohlar bölimiga Uzbekistan Airways munosabatini yozib qoldirdi.
Aviakompaniyaning malum qilişiça, 2026 yil 25 avgust kuni Istanbul–Toşkent yönalişi böyiça HY272 qatnovi texnik sabablar tufayli keçikkan.
Qayd etilişiça, texnik nosozlik yuzaga kelganidan söng qatnovni zaxira havo kemasida amalga oşiriş töğrisida qaror qabul qilingan.
Kutiş vaqtida yölovçilarga zarur yordam körsatilgani aytilmoqda. Kompaniya malumotiga köra, dastlab ularga salqin içimliklar va sendviçlar, keyinçalik esa issiq ovqat uçun vauçerlar hamda suv taqdim etilgan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yölovçilar bitta non va buloçka olganini aytgan.
“Bitta non, bitta buloçka berib qöyişyapti. Yoşlar mayli, buloçka yedi. Yoşi kattalar nima yeydi? Na issiq çoy berilgani yöq heç kimga”, degan yölovçilar videomurojaatda.
Şuningdek, aviakompaniya munosabatida harakat jadvalidagi özgarişlar va keyingi yangilanişlar haqidagi malumotlar yölovçilar hamda ularni kutib oluvçilar uçun maxsus axborot kanalida tezkorlik bilan elon qilib borilgani qayd etilgan. Aviakompaniya bu boradagi malumotlar “uzairways_live” Telegram-kanalida berilganini bildirgan.
Uzbekistan Airways kutiş vaqtining yanada çözilib ketişiga yöl qöymaslik maqsadida Istanbul-Toşkent yönalişi böyiça zaxira havo kemasida olib keliş qatnovi taşkil etilganini malum qilgan.
“Bunday uzoq davom etgan keçikiş yölovçilar uçun qançalik noqulay bölişini tuşunamiz. Yuzaga kelgan holat uçun afsusdamiz”, deyiladi aviakompaniya bayonotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Centrum Air aviakompaniyasiga nisbatan etirozli murojaatlar elon qilingan edi. Xususan, aktrisa Bahora Arslonova uşbu kompaniyadan çipta olib, manziliga uça olmaganini aytib çiqqandi.