Narendra Modi Köksaroyda tantanali kutib olindi
Bugun, 30 avgust kuni Köksaroy qarorgohida davlat taşrifi bilan mamlakatimizda bölib turgan Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modini tantanali kutib oliş marosimi böldi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
.jpg)
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarşi olib, şohsupaga taklif etgan.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarilgan, faxriy qorovul saf tortgan. Özbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangragan.
.jpg)
Şuningdek, yetakçilar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar azolarini qutlagan. Birgalikda suratga tuşiş marosimidan söng oliy darajadagi muzokaralar boşlangan.

Eslatib ötamiz, keça, 29 avgust kuni Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida “Yangi Özbekiston” boğiga taşrif buyurgandi.