Özbekistonda Oksford talabalari uçun yozgi maktab taşkil etildi
Özbekistonda Oksford talabalari uçun taşkil etilgan “Yozgi maktab” talim loyihasiga keça, 31 avgust kuni start berildi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 2025 yil oktyabr oyida Oksford universitetiga taşrif buyurib, universitetning Osiyo va Yaqin Şarq tadqiqotlari fakultetida Özbekşunoslik dasturining rasmiy oçilişida iştirok etgan edi.
Qayd etilişiça, mazkur taşrif doirasida Özbekiston va Oksford örtasidagi ilmiy-marifiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, özbek tili va madaniyatini xalqaro akademik muhitda keng örganiş uçun yangi imkoniyatlar yaratilgan.

Endi uşbu taşabbusning mantiqiy davomi sifatida Oksford talabalari uçun Özbekistonda “Yozgi maktab” taşkil etildi. Keça, 31 avgust kuni uşbu talimiy loyihaga start berildi.
Malum qilinişiça, bir oy davomida Oksford talabalari özbek tilini bevosita til muhitida örganiş, milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz va yurtimizning boy tarixi bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böladilar.

Yozgi maktab dasturidan Toşkent, Samarqand va Buxoroga safarlar, özbek tili darslari, madaniy tadbirlar va marifiy uçraşuvlar örin olgan.
Eng muhimi, “Yozgi maktab” orqali Oksford talabalari özbek tilini nafaqat örganadilar, balki Özbekistonni öz közlari bilan körib, xalqimiz madaniyati va qadriyatlarini bevosita his qiladilar.
“Ötgan yilning oktyabr oyida Oksfordda taşabbusimiz bilan boşlangan Özbekşunoslik dasturi izçil yölga tuşib, özining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman”, deya takidlagan Saida Mirziyoyeva.