Bojxona bojlari böyiça muddatsiz imtiyozlar yana 3 yil amal qiladi
Özbekistonda 2027 yil 1 yanvardan yagona bojxona tölovi bojxona qiymatining 20 foizi, biroq har kilogramm uçun kamida 2 dollar etib belgilanadi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2026 yil 27 avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona mamurçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-174-sonli Farmonida belgilandi.
Farmonga köra, 2027 yil 1 yanvardan yagona bojxona tölovi tovarning bojxona qiymatidan 20 foiz miqdorida, biroq har bir kilogramm uçun 2 AQŞ dollaridan kam bölmagan miqdorda belgilanadi.
Şuningdek, amalda bojxona bojidan ozod qiliş va nol stavkani qöllaş böyiça berilgan imtiyozlar ularning amal qiliş muddati tugaguniga qadar saqlab qolinadi.
Bojxona boji böyiça muddatsiz berilgan imtiyozlarning amal qiliş muddati esa 2029 yil 1 yanvargaça etib belgilanadi.
Bunda Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiyaning taşqi savdodagi tarif çoralarini JST talablari asosida vaqtinça tartibga soliş böyiça qarorlar qabul qiliş vakolati 2028 yil 1 yanvargaça saqlab qolinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistondan deklaratsiyasiz olib çiqiş mumkin bölgan naqd pul miqdori 10 ming dollar etib belgilangani haqida xabar berilgan edi.