“Nogironlik – 300 dollar”. Fuqaro Şahnoza Mirziyoyevaga murojaat bilan çiqdi
Nogiron qizi va unga qarovçi sifatida turmuş örtoğiga nogironlik holatini tasdiqlovçi malumotnoma oliş uçun korruptsiyaviy holatga duç kelgan fuqaro Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga murojaat yölladi. Bu haqdagi videoni u özining Instagram sahifasida elon qldi.
“Men teatr va kino aktyori Musulmon Yunusov, Sergeli tumanida istiqomat qilaman. Ijtimoiy tarmoqda köpçilik bizni kuzatişadi, bilişadi. Mening onam birinçi guruh nogironi va qizim ham nogiron. Qizimga ikki yil oldin nogironlikka topşirgandik va u nogironlik çiqarib bergandi, qarovçisi – onasi bilan birgalikda. Onam ham xuddi şunday. Ikki yildan keyin yana qaytadan nogironlikka topşirişimiz kerak. Bu galgisi 18 yoşgaça ketadi. Biz may oyining oxiridan, iyundan onasi bilan ikkalamiz – ayolim bilan birgalikda har bitta doktorga tinmasdan qatnadik. Mana har bitta dokument, har bitta qoğoz, mana şu paytgaça davolanyapti. Har bittasiga erinmasdan bordik, issiqda navbatda turdik. Men aktyorman, joy ber, bunaqa narsalar bölmadi. Har bitta odam turdi navbatda, biz ham turib, ötdik va oxirgi bosqiçimiz Sergeli VTEKga yetib keldi. Hujjatlarni topşirdik, hujjatlarni körişdi va ikki-uç kundan keyin sizga qönğiroq qilamiz yoki SMS boradi deyişdi”, deydi fuqaro.
Şundan söng, u nogironlikni tasdiqlovçi hujjatni oliş uçun hamşira ulardan pul söraganini aytgan va bundan noroziligini bildirgan.
“Men nimadan noroziman? Men şundan norozimanki, ketganimizdan keyin, ikki kundan keyin 71-poliklinikadan – bizning hamşiramizdan qönğiroq böldi. Ayolimga qönğiroq qilib, “oldingizda heç kim yöqmi, telefoningiz baland ovozda emasmi, yozib olinmayaptimi?” deb söradi. Ayolim yöq-yöq, heç kim eşitmayapti, labbay, eşitaman, deb aytayapti. Xullas kalom, 18 yoşgaça nogironlikka çiqaramiz, sizni ham – onasini qöşamiz yoniga, faqat xizmati bor. Qanaqa xizmat? 300 dollar pul böladi”, deya hamşiraning sözlarini keltirgan fuqaro.
Şuningdek, u “nogiron bolaning orqasidan pul yeydigan insonlar” hali ham öz lavozimida ötirganidan norozi ekanini bildirgan.
“Men-ku mayli, sanatkorman, harakat qilamiz, köproq işlarmiz, öşa pulni mayli, men toparman. Buni eşitganimda birinçidan qizişib ketdim. Nogiron bolaning orqasidan pul yeydigan insonlar hali ham öz lavozimida, öz işida ötirişi töğrimi, notöğrimi? Prezidentimiz qilayotgan işlarga mana şu narsa töğrimi, notöğrimi? Asabiylaşib ketdim, juda asabiylaşdim va qönğiroq qildim.
Assalomu alaykum, bunaqa narsani ayolimga aytmang, menga ayting, men bilan hal qiling bunaqa masalani, dedim va birozdan keyin yöqolib qoldi. Nimaga? Çunki bildi mening sanatkorligimni. Şu bilan telefonga javob bermadi. Şu bilan bir kunmi, ikki kundan keyin javob çiqdi. Qizimning öziga nogironlik çiqdi, onasini qöşib bermadi. Yaniki, demak, qizim özi ovqatlana oladi, özi yura oladi, özi hojatga çiqib kela oladi. Vaholanki, öşanaqa bölganda, özi hammasini mustaqil qilayotganda, bizga nogironlik kerak emas-da.
Menga alam qilayotgani, agar biz 300 dollar pulni berganimizda, demak, onasini 18 yoşgaça qöşardi qarovçi qilib. Arzimagan bir summa, gap summada emas. Men-ku u pulni toparman, lekin topa olmaydigan, hatto davolanişiga, bolalariga, davolanişiga bir söm topa olmaydigan ota-onalar bor. Çunki har kuni öşanaqa ota-onalar bilan körişamiz, har kuni davolanişda körişamiz. Bugungi davolaniş pulini topdik, ertaga nima qilamiz deydigan ota-onalar bor. Ular nima qiladi? Şahnoza Mirziyoyeva, sizdan iltimos qilib qolamiz, özingiz şaxsan boş bölib şuğullanişingizni sizdan iltimos qilamiz. Bunaqalar juda ham köpayib ketyapti. Nogiron bolalarning ustidan pul yeydigan insonlarni, menimça, öz lavozimidan ozod qiliş kerak”, deydi u.
Şuningdek, fuqaro yuqoridagi masala yuzasidan Sergeli tumanidagi ijtimoiy himoya bölimiga murojaat qilganini bildirgan.
“Biz Sergeli tumanidagi ijtimoiy himoyaga bordik, u yerdagi xodimlar bilan gaplaşdik, yuristlar bilan gaplaşdik. Mana şunaqa narsa böldi, yani öşa VTEKdagi xodim mana şunaqa iş qilişdi, dedik. Qanaqadir bir narsani sezdim, ular heç narsa hal qilib berişa olmadi. Çapga yugurişdi, öngga yugurişdi, yana qaytib kelişdi, heç narsa hal bölmadi. Şunaqa narsa menga paydo böldiki, qarğa qarğaning közini çöqimaydi. Bularga nima qilay endi men? Bu masalani hal qiliş kerak, desam, mayli, xohlasangiz “videovizov” qilavering, deyişdi. Böldi, oldilaridan ötdim va “videovizov” qilyapman. Iltimos qilib qolardim, Şahnoza Mirziyoyeva, şu masalani özingiz şaxsan tekşirişingizni va tagiga yetişingizni, bunaqa nogiron insondan, nogironligi bor xonadonlardan pul oliş qançalik töğri?” deya savol qöygan fuqaro.
Malumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 fevralda “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati taşkiliy tuzilmasini va faoliyatini taşkil etişga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 62-sonli qaroriga asosan 18 yoşgaça bölgan bolalarni nogironligi bölgan bola deb topiş pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan amalga oşiriladi. Nogironlikni belgilaş, tibbiy körikdan ötkaziş va tegişli malumotnomani/tibbiy xulosani rasmiylaştiriş uçun davlat tomonidan heç qanday boj, tölov yoki yiğim undirilmaydi.