OTMlarda “Davolaş işi” yönalişi tugatilişi mumkin
Özbekistondagi tibbiyot oliygohlarida 2027/2028 öquv yilidan “Davolaş işi” yönalişi örniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu haqda bugun, 4 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlaş, ularni davlat röyxatidan ötkaziş hamda uzluksiz kasbiy talim tizimini takomillaştiriş böyiça takliflar taqdimotida söz boradi.
Qayd etilişiça, taqdimotda, avvalo, tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çoralari körib çiqilgan. Takliflar Kembrij, Pensilvaniya va Garvard universitetlari tavsiyalari asosida, xalqaro va mahalliy mutaxassislar iştirokida işlab çiqilgan.
Endilikda tibbiyot oliygohlariga qabul parametrlari hududlar va tibbiyot muassasalarining real ehtiyoji, kadrlar yetişmovçiligi asosida şakllantiriladi. Davlat buyurtmasi yönalişlar kesimida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
2027/2028 öquv yilidan “Davolaş işi” yönalişi örniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etiş taklif qilinmoqda. Beş yillik talimdan keyin talabalar bir yil töliq amaliy tayyorgarlikdan ötadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilar oilaviy şifokor sifatida işlaş imkoniyatiga ega böladi.
Oilaviy tibbiyot böyiça kadrlar tayyorlaşga alohida etibor qaratiladi. Rezidentlarning oilaviy poliklinikalarda bir vaqtning özida öqişi va amaliyot ötaşi yölga qöyiladi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlaş esa bosqiçma-bosqiç rezidenturaga ötkazilib, magistratura asosan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşga yönaltiriladi.
Örta tibbiyot kadrlarini tayyorlaşda ham yangiça yondaşuvlar joriy etiladi. Oliy malumotli hamşiralarning taşxis, davolaş va profilaktika jarayonlarida şifokorga yaqin kömakçi sifatidagi örni oşiriladi.
Farmatsevtika talimi işlab çiqariş bilan yanada yaqin boğlanadi. Korxonalar ehtiyoji asosida dual talim kengaytirilib, amaliy maşğulotlar uluşini oşiriş, talabalarni dori vositalarini işlab çiqişdan tortib, sifat nazorati va standartlaştirişgaça bölgan jarayonlarga jalb qiliş belgilanmoqda.