Andijon IIBga yangi boşliq tayinlandi
Ilgari Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat qilgan polkovnik Abdumajid Mavlonoviç Şermuhammedov Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 4 sentyabr kuni Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida davlat rahbarining hududlarda jinoyatçilikni jilovlaş bilan boğliq topşiriqlarning ijrosi muhokama qilingan.
Tadbirda viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining masullari, Içki işlar vazirligi mutasaddilari, xalq deputatlari Kengaşi azolari, şahar va tumanlar jamoatçilik faollari, şuningdek, huquqni muhofaza qiluvçi organlar rahbarlari iştirok etgan. Sessiya doirasida taşkiliy masala körib çiqilgan.
Içki işlar vazirining buyruğiga asosan, ilgari Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat qilgan polkovnik Abdumajid Mavlonoviç Şermuhammedov Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlangan.
Yiğiliş davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş va ularning oldini oliş tizimini yanada takomillaştirişga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar atrofliça va tanqidiy tahlil qilingan. Sohaga oid belgilangan vazifalarning bajarilişiga ham alohida etibor qaratilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Baxtiyor Rahimjonoviç Inoqov Surxondaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği etib tayinlangandi.