Şavkat Mirziyoyev Serbiyaga jönab ketdi
Bugun, 7 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiçning taklifiga binoan rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatga jönab ketdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Belgrad şahriga taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va işbilarmon doiralari vakillari iştirokida biznes forumi ötkazilişi rejalaştirilgan.
Özbekiston – Serbiya köp qirrali hamkorligini yanada mustahkamlaşning dolzarb masalalari körib çiqiladi.
Sammit yakunlari böyiça salmoqli hujjatlar töplamini qabul qiliş rejalaştirilgan.