USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş uçun alohida kompaniya taşkil etiladi

115 марта
Аҳолига суюлтирилган газ етказиб бериш учун алоҳида компания ташкил этилади

Özbekistonda aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş uçun alohida masuliyati çeklangan jamiyat taşkil etiladi. Bu haqda bugun, 7 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tanişgan aholini suyultirilgan gaz bilan taminlaş tizimini isloh qiliş yuzasidan takliflar taqdimotida söz boradi.

Qayd etilişiça, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş tizimini qayta taşkil etiş maqsadida “Hududgaztaminot” tasisçiligida “LPG-Trade” masuliyati çeklangan jamiyatini taşkil etiş taklif qilinmoqda. Uşbu tuzilma suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilib, belgilangan tartibda odamlarga yetkazib beriş bilan şuğullanadi.

Şu bois, suyultirilgan gazning çakana narxini belgilaşda iqtisodiy asoslangan mexanizmlarning samarali işlaşi taminlanadi. Bunda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga xarid qilingan suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uçun kompensatsiya tölanişi belgilanadi.

Bu orqali narx siyosati bosqiçma-bosqiç tartibga solinib, ehtiyojmand oilalar uçun manzilli qöllab-quvvatlaş mexanizmi joriy etiladi. Davlat byudjetidan ajratiladigan mablağlar umumiy subsidiya örniga aniq istemolçiga yönaltirilişi tizimning adolatliligi va samaradorligini oşiradi.

Ijtimoiy soha obektlarining ehtiyojlari uçun suyultirilgan gazni birja narxlarida yetkazib beriş, aholiga belgilangan narxda sotiş natijasida yuzaga keladigan salbiy tafovutni respublika byudjeti mablağlari hisobidan qoplaş tartibi ham közda tutilmoqda.

Xususiy sektor iştirokini kengaytiriş masalasiga alohida etibor qaratilgan. Andijon viloyatida suyultirilgan gaz yetkazib beriş jarayoniga xususiy operatorlarni jalb etiş böyiça pilot loyiha amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Mazkur jarayonda operatorlarda zarur litsenziya va ruxsatnomalar, malakali muhandis-texnik xodimlar bölişi, xizmatlar kamida ikki operator tomonidan amalga oşirilişi, istemolçilar uçun mobil ilova va onlayn xizmatlar yölga qöyilişi belgilangan. Istemolçilar soni va hududiy masofalardan kelib çiqib, şaharsozlik normalari hamda yonğin xavfsizligi talablariga javob beradigan şoxobçalar taşkil etilişi közda tutilgan.

Uşbu tajribani keyinçalik boşqa hududlarda ham bosqiçma-bosqiç joriy etiş imkoniyati körib çiqiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev mutasaddilarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş grafigini qatiy yölga qöyiş, hisob-kitoblarni raqamlaştiriş, şaffoflikni taminlaş, suniy taqçillik va asossiz narx oşişining oldini oliş böyiça topşiriqlar bergani haqida xabar qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: