Şavkat Mirziyoyev taşrifiga Belgradda osmonöpar bino Özbekiston bayroği ranglarida yoritildi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad şahrida Özbekiston rahbarining Serbiyaga taşrifi munosabati bilan taşkil etilgan rasmiy qabul marosimida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç, Birinçi xonimi Tamara Vuçiç, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabiç, Boş vazir Juro Matsut va boşqa rasmiy şaxslar qutlagan.

Tadbirda Özbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy taşrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş va mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar oçayotgani alohida takidlangan.

Şuningdek, Özbekiston va Serbiya xalqlari örtasidagi aloqalar ananaviy döstona ruhda rivojlanayotganiga alohida etibor qaratilgan.

Özbekiston delegatsiyasining taşrifi şarafiga “Kula Belgrad” osmonöpar binosi Özbekiston Respublikasi davlat bayroği ranglarida yoritilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 7 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy taşrif bilan Belgrad şahriga borgandi.