Serbiya Özbekistonda elçixona oçişni rejalaştiryapti
Özbekistonda Serbiya elçixonasi oçilişi mumkin. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Serbiya Respublikasining Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy siyosat vaziri Militsa Stamenkovski Migratsiya agentligi direktori Muhsinxöja Abdurahmonov bilan uçraşuvda malum qildi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda Özbekiston va Serbiya örtasida migratsiya va mobillik sohasida Hukumatlararo bitimni imzolaş masalasi böyiça kelişuvga erişilgan.
Şuningdek, Serbiya tomoni mamlakatda ötkaziladigan EXPO 2027 xalqaro körgazmasi obektlari qurilişiga özbekistonlik malakali mutaxassislarni jalb qilişdan manfaatdor ekanini bildirgan. Bu yönalişda kadrlarni oldindan tayyorlaş va munosib mehnat şaroitlariga ega iş örinlariga yönaltiriş masalalari muhokama qilingan.
Şuningdek, Serbiyaning Özbekistonda elçixona oçişi rejalaştirilayotgani malum qilingan. Bu Özbekistonliklar uçun hozirda Ostona şahri orqali amalga oşirilayotgan viza rasmiylaştiriş jarayonlarini ança soddalaştirişi kutilmoqda.
Muzokaralar Serbiya Milliy bandlik xizmati direktori Milan Bosniç bilan davom ettirilgan. Tomonlar Hukumatlararo bitim ratifikatsiya qilingaç, ikki idora örtasida mehnat migratsiyasi va işçi kuçi mobilligi sohasidagi hamkorlik töğrisidagi Bayonnomani imzolaşga kelişib olgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rasmiy taşrif bilan Serbiyada bölgan edi. Muzokaralar yakunlari böyiça davlat rahbarlari Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Bundan taşqari, ustuvor yönalişlarda erişilgan kelişuvlarni mustahkamlagan salmoqli hujjatlar töplami almaşildi. Şuningdek, Özbekiston yetakçisiga Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordenini tantanali ravişda topşiriş marosimi bölib ötdi. Şu bilan birga, Belgrad köçalaridan biriga “Toşkent” nomi berildi. Işbilarmonlik dasturi doirasida ikki davlat rahbarlari qöşma biznes forumida iştirok etdi.