11 sentyabr qurbonlari xotirasiga Nyu-York osmonida Egizak minoralar qayta tiklandi
Nyu-Yorkda 11 sentyabr teraktlarida halok bölganlar xotirasiga 2 977 ta dron yordamida Osmonda Egizak minoralar şakli aks ettirildi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.
Nyu-York bandargohi ustida ötkazilgan “2,977 Lights Over New York Harbor” nomli dron-şou 11 sentyabr teraktlarining 25 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan.
Şoudagi har bir yoruğlik droni 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarda halok bölgan bir kişini anglatgan. Dronlar dastlab Gudzon daryosi ustida osmonda yoruğ yulduzlar kabi harakatlangan, söngra birlaşib, Egizak minorlar qiyofasini hosil qilgan.
Yodgorlik tadbiri 9/11 hodisalaridan omon qolganlar, qurbonlar oila azolari va birinçi bölib yordam körsatgan qutqaruvçilar hamkorligida tayyorlangan.

Dron-şou Nyu-Yorkda 2002 yildan buyon har yili ötkazib kelinayotgan “Tribute in Light” yoruğlik installyatsiyasiga ham qöşildi. Unda minorlarni ifodalaş uçun ikki qatorda 88 ta vertikal projektordan foydalaniladi.
Malumot uçun, 2001 yil 11 sentyabrda “Al-Qoida” terrorçilik taşkiloti azolari tomonidan 4 ta yölovçi samolyoti olib qoçilgan. Ulardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Egizak minorlarga, yana biri Pentagon binosiga urilişi natijasida minglab insonlar halok bölgan. Törtinçi samolyot esa yölovçilar qarşilik körsatganidan söng Pensilvaniya ştatidagi dalaga qulagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlarni taşkil etişda ayblanayotgan Xolid Şayx Muhammad va uning 3 nafar şerigi ustidan harbiy tribunal sudi 2028 yil iyun oyida boşlanişi haqida xabar berilgan edi.