USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Işlayotgan onalarga farzandi 1 yoşga tölgunça nafaqa beriladi

155 марта
Ишлаётган оналарга фарзанди 1 ёшга тўлгунча нафақа берилади

2027 yil 1 yanvardan mehnat şartnomasi asosida işlayotgan xotin-qizlarga homiladorlik va tuğiş tatili tugaganidan keyin farzandi 1 yoşga tölgunga qadar bolani parvarişlaş nafaqasi tölanadi. Bu haqda Prezidentning keça, 11 sentyabrda elon qilingan “Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 193-sonli farmonida söz boradi.

Farmonga köra, nafaqa Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi tomonidan tölanadi. Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan aholining ijtimoiy yordam va xizmatlarga muhtojligini örganiş hamda ularni Ijtimoiy reyestrga kiritişda yangi köp ölçovli baholaş tizimi joriy etiladi. Bunda oilaning nafaqat moliyaviy holati, balki oila azolaridagi surunkali kasalliklar, nogironlik, taşqi mehnat migratsiyasi, köp bolalilik kabi mezonlar ham hisobga olinadi.

Köp ölçovli baholaş doirasida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati balli skoring tizimi orqali baholanadi. Natijalarga köra, oilalar tegişli toifalarga ajratilib, ijtimoiy yordam va xizmatlar bilan qamrab olinadi.

Farmon bilan “Saxovat va kömak”, “Ayollar daftari” hamda “Yoşlar daftari” jamğarmalari saqlab qolinadi. Biroq ular mablağlarini tasarruf etiş, şuningdek, uşbu mablağlar hisobidan ijtimoiy yordam va xizmatlar körsatişni taşkil etiş vakolatlari tuman va şahar ştablariga ötkaziladi.

Bundan taşqari, Ijtimoiy reyestrning “davlat taminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar azolariga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida qöşimça foizsiz kreditlar ajratiladi. Bu maqsad uçun joriy yilda 100 milliard söm, 2027 yilda esa 300 milliard söm yönaltiriladi.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan ötkazilgan videoselektor yiğilişida mazkur masala kötarilgan edi. Unda mamlakat rahbari tomonidan işlaydigan onalarga farzandi bir yoşga tölguniga qadar Ijtimoiy suğurta jamğarmasidan nafaqa tölanişi haqida malum qilingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: