Yangi qurilişlar Toşkentni rivojlantirişga xizmat qilişi kerak – Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi qurilişlar yuzasidan soha mutaxassislari, yetakçi ixtisoslaşgan ijodiy studiyalar hamda oliy talim muassasalari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida malum qildi.
Unda Prezident Administratsiyasi rahbari Toşkent şiddat bilan kengayib borayotgani, şaharsozlik va ekologiya bilan boğliq bugungi vaziyatni inobatga olib, uning kelajagi har qaçongidan ham jiddiy etibor va tahlilni talab qilayotganini qayd etgan.

Şu maqsadda Saida Mirziyoyeva qator yirik memoriy loyihalar taşabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakçi ixtisoslaşgan ijodiy studiyalar hamda oliy talim muassasalari vakillari bilan uçraşuv ötkazgan.
“Birgalikda yeçim topişimiz kerak bölgan masalalar talaygina – muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obektlar zimmasiga katta yuk tuşayotganidan tortib, elektr hamda suv taminoti muammolarigaça”, deydi Prezident Administratsiyasi rahbari

Şuningdek, u yangi qurilişlar şaharni rivojlantirişga xizmat qilişi, qöşimça nomutanosiblik keltirib çiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqça zöriqtirmasligi kerakligini ham aytib ötgan.
Saida Mirziyoyevaning sözlariga köra, qöyilgan maqsadlar ulkan bölib, Toşkentni har bir özbekistonlik hamda şahar mehmonlari uçun yanada qulay, körkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantiriş niyatida bölgan biznes vakillariga kömak beriladi. Aynan şunday yondaşuv Yangi Özbekiston siyosatiga töla mos kelişi ham takidlab ötilgan.

“Çunki bunday taşabbuskor biznesni har tomonlama qöllab-quvvatlaş – Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov boşçiligida şaharda dizayn-kod borasida olib borilayotgan işlarni şarmandali deb atagandi.