Seuldan döstligimizning istiqboli porloq ekaniga işonç bilan qaytdik – Şerzod Asadov
Özbekiston delegatsiyasi Seul şahridan iliq taassurotlar va ikki mamlakat döstligining istiqboli porloq ekaniga işonç bilan qaytgan. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot kotibi Şerzod Asadov Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga qilgan 3 kunlik rasmiy davlat taşrifi töğrisidagi hisobotida malum qildi.

“Prezident Şavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga taşrifi samimiy uçraşuv va suhbatlarga boy böldi”, deydi Asadov özining Telegram-kanalida.

Uning malum qilişiça, birinçi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida Özbekiston yetakçisi mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qilgan.
.jpg)
“Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakçilari örtasidagi özaro işonçni yaqqol namoyon etadi”, degan Şerzod Asadov.
Qayd etilişiça, Janubiy Koreyaning Özbekistondagi sobiq elçisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy keçgan. Bu uçraşuv ötgan yillarni, Özbekiston – Koreya döstligini mustahkamlaş yölida birgalikda amalga oşirilgan işlarni yodga oliş imkonini bergan.
.jpg)
Sammit arafasida Şavkat Mirziyoyev Milliy Assambleya Spikeri uçun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat yozib bergan.
“Bu Yangi Özbekiston ğoyalari va islohotlariga bölgan samimiy qiziqişning yana bir ifodasidir”, degan Prezident matbuot kotibi.

Bildirilişiça, koreyaliklar tomoni ham davlat taşrifiga alohida etibor va ehtirom körsatgan. Xususan, Janubiy Koreyadagi eng baland bino – Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida Özbekiston bayroğining yorqin tasvirlari namoyon bölgan. Prezident taşrifi şarafiga Özbekiston bayroği ranglaridagi dirijabl parvoz qilgan, qarorgoh oldidagi favvorada esa Özbekiston gerbi va bayroği tasvirlari aks ettirilgan.

“Bularning barçasida mezbonlarning samimiy mehmondöstligi va yuksak hurmati sezilib turardi. Seuldan iliq taassurotlar va döstligimizning istiqboli porloq ekaniga işonç bilan qaytdik”, degan Şerzod Asadov.
Eslatib ötamiz, keça, 16 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetgandi. Taşrif doirasida davlat rahbari Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan uçraşuvlar ötkazgan.